28 Iyul 2021 yil 226

Oltinsoyda ustasi farang firibgarlarga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Oltinsoy tumanida 2021 yil 21 iyul kuni, tumanning "Qiziltepa" mahallasida yashovchi, X.Abdusalom, tumanning "gulchechak" mahallasida yashovchilar, A.Bekzod, X.Xursan, tumanning "Beshbola pahlovon" mahallasida yashovchi, O.Chori va Sho'rchi tumani "oliyhimmat" mahallasida yashovchi, Q.Olimlar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil mart oyida, tumanning "Qiziltepa" mahallasida yashovchi, X.Dilshod va tumanning "gulchechak" mahallasida yashovchi, M.Mirzoxidlar ularning ishonchiga kirib, o.Omondan 3.500 (uch ming besh yuz) AQSh dollari, A.Bekzoddan 71.000.000 (etmish bir million) so'm, X.Xursandan 50.000.000 (ellik million) so'm, O.Choridan 11.000.000 (o'n bir million) so'm, X.Abdusalomdan 4.750 (to'rt ming etti yuz ellik) AQSh dollari, A.Xayitdan 50.000.000 (ellik million) so'm, Z.Eshboltadan 10.000.000 (o'n million) so'm va Q.Olimdan 18.000.000 (o'n sakkiz million) so'm pullarini olib, o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 23 iyul kuni X.Dilshod va M.Mirzoxidlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech