22 Oktyabr 2021 yil 28

Oltinsoyda o'g'irlangan telefon va pullar ashyoviy dalil sifatida olindi

Oltinsoy tumanida 2021 yil 7 oktabr kuni, shu tumanda yashovchi, K.Gulnora tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 6 oktabr kunidan 7 oktabr kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxs, uydan jami 2.500.000 (ikki million besh yuz ming) so'mlik "HUAWEI" telefoni va tillo taqinchog'ini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlikni Oltinsoy tumanida yashovchi, D.Zokir sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 8 oktabr kuni D.Zokirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech