14 Sentyabr 2021 yil 13

O'g'irlik jinoyatini sodir etgan ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Angor tumanida 2021 yil 7 avgust kuni, tumanning "Navbahor" mahallasida yashovchi, S.Gulnora tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 7 avgust kuni noma'lum shaxs, yashash uyi yotoqxonasida turgan seyf ichidan 500 (besh yuz) AQSh dollari, jami qiymati 50.381.100 (ellik million uch yuz sakson bir ming yuz) so'm bo'lgan 5 dona tillo uzugi, 2 juft tillo ziraklari, 1 dona tillo zanjirini va 1.000.000 (bir million) so'm bo'lgan 2 dona kumush taqinchoqlarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchi, J.Lobar sodir etganligi aniqlangan. 13 avgust kuni J.Lobarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "b,g" bandi jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech