6 May 2021 yil 74

Jarqo'rg'onda pora evaziga ishga qabul qiluvchi mansabdor qo'lga olindi

2021 yilning 27 aprel kuni Jarqo'rg'on tumanida yashovchi fuqaro yu.Tursunoy ismli ayol o'ziga oldindan tanish bo'lgan "Malika" ismli opasi (ism shariflar shartli ravishda o'zgartirildi) bilan birgalikda Jarqo'rg'on tumani buyum bozoridan chiqib ko'chada ketayotganida, yoniga "Matiz" rusumli avtomashina kelib to'xtaydi. Mashina egasi esa "Malika" ismli opasiga oldindan tanish bo'lganligi sababli ular bilan salomlashib, manziliga olib borib qo'yishni taklif qiladi. Shundan so'ng, yu.Tursunoy ismli ayol bilan uning "Malika" opasi mashinaga o'tirishadi hamda "Matiz" avtomashinasi yu.Tursunoy hamda Malika opasi aytgan manzil tomon harakatlana boshlaydi.
Yo'lda ketish davomida o'zini tumandagi davlat tashkilotlarining birida mansabdor bo'lib ishlashini aytib, tanishtiradi. Suhbat asnosida o'zi ishlaydigan tashkilotda "mutaxassis lavozimi" bo'sh ekanligini, ushbu lavozimga yaxshi xodim qidirib yurganligini aytadi. Shu vaqt gapga yu.Tursunoy aralashib, "uzoq vaqtdan buyon ishsiz yurganligini ish qidirayotganligini, mutaxassis lavozimiga ishga qabul qilmaysizmi?"-deb so'raydi. Mansab egasi yu.Rasul ishga qabul qilish uchun ozgina xarajatlari borligni aytib, evaziga 500 AQSh dollari miqdorida pul so'raydi. Yu.Tursunoy esa AQSh dollari o'rniga o'zbek so'mida pul beraolishini, aytadi. Tuman tashkilot mansabdori bu gaplarni eshitib, ushbu taklifiga rozi bo'lib, pulning 4 000 000 (to'rt million) so'mini hozir berib qolgan 1 000 000 (bir million) so'mini ishga qabul qilganidan keyin olishini aytganligini ma'lum qilib, undan 5 000 000 (besh million) so'm miqdoridagi pullarni pora yo'li bilan talab qilayotgan yu.Rasulga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'rab, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
Mazkur arizaga asosan, 2021 yil 27 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi hamda DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o'tkaziladi.
O'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro yu.Rasul Jarqo'rg'on tumani "Do'stlik" mahallasi hududida joylashgan kafe yonida ariza muallifi yu.Tursunoydan talab qilingan 500 AQSh dollari miqdoridagi pullardan 4.000.000 (to'rt million) so'm ko'rinishidagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan qo'lga olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan, hozirda Jarqo'rg'on tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Unutmang! Korrupsiya-jamiyat taraqqiyoti va rivoji uchun eng xavfli jinoyatlardan biridir. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida jazo muqarrarligi ta'minlangan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech