21 Noyabr 2022 yil 45

Qiziriqda sigir o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Qiziriq tumanida 2022 yil 3 noyabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasining xabariga ko‘ra, tumanning “Yetimqum” mahallasida yashovchi, S.Jamshid (ism shariflar o‘zgartirilgan) 15 oktabr kuni tuman IIBga bergan arizasida, 16 oktabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar hovlisida joylashgan molxonasidan 5.500.000 (besh million besh yuz ming) so‘mlik 1 bosh sigirini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni tumanning “Yetimqum” mahallasida yashovchilar, B.Jondor va tumandagi maktab o‘quvchisi, J.Jamollar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 3 noyabr kuni B.Jondor va J.Jamollarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech