6 May 2021 yil 40

Fosh etilgan o'g'rilik

Termiz shahrida 2021 yilning 8 aprel kuni shaharning "sahovat" mahallasida yashovchi, K.K. Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil mart oyida, akasi A.A.ning yashash uyidan bir metri 150.000 (bir yuz ellik ming) so'mdan bo'lgan jami 120 (bir yuz yigirma) metr shveller temirlarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni, shu mahallada yashovchi, G'.S., K.J., M.A. va shaharning "Guliston" mahallasida yashovchi, X.S.lar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 10 aprel kuni G'.S., X.S., K.J. va M.A.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech