18 Mart 2020 yil 616

Firibgarning tuzog'i...

Jarqo'rg'on tumanida 2020 yil 7 mart kuni, tumanning "qiron" mahallasida yashovchi Ch.M. ismli ayol tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat qilib, unda 16 fevral kuni soat 11.30 lar chamasida, tanishi, Angor tumani "Qo'shtegirmon" mahallasida yashovchi X.I. ishonchiga kirib, Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi L.M. ismli ayolning nomiga rasmiylashtirilgan Matiz rusumli avtomashinani 30 oy muddatga har oy 250 (ikki yuz ellik) AQSh dollari pul berishga kelishgan holda avtoulovning har oylik to'lovi to'lanmay qolsa egasiga qaytarib berish sharti bilan sotib olib, sotish huquqi bo'lmasada, ushbu avtoulovni, uni nomiga notarial idoralari orqali rasmiylashtirib berishga ishontirib, 38.000.000 (o'ttiz sakkiz million) so'mga sotganligini bildirgan. 2020 yilning 13 mart kuni X.I.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
O'zgalarning ishonchiga kirib, ishonchni suiste'mol qilish yaxshilik bilan yakunlanmaydi. O'zbekiston Respublikasida jinoyat uchun jazo muqarrar shuni yodingizda saqlang!

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech