7 May 2021 yil 89

Denovda qalbaki PZR-test natijalarini o'tkazish bilan shug'ullangan jinoiy guruh fosh etildi

Surxondaryo viloyati IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi hamda Denov tumani IIO FMB JQB xodimlari moddiy manfaatdorlik evaziga fuqarolarga koronavirus infektsiyasi (COVID-19) natijalari haqida qalbaki ma'lumotnoma tayyorlab beruvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo'ydi.
Shu kuni ular "mijoz"ga Ekspress PZR-test tahlilining "manfiy" natijasini tayyorlab berish evaziga kelishilgan pulning bir million so'mini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo'lga tushdi.
Fuqaro A.S. joriy yil 1 may kuni Denov tumanidagi tibbiyot muassasalaridan birida ishlovchi tanishi P.D.ga uchrashib, koronavirus infektsiyasi (COVID-19)ga qarshi o'zi va 7 nafar tanishi PZR test topshirmoqchi ekanini aytadi. P.D esa hech qanday analiz olmasdan turib, (COVID-19)ga PZR test ma'lumotnomasini tayyorlab berish uchun ularning har biridan 150 ming so'mdan 8 kishiga bir million 200 ming so'm pul berishni talab qiladi. Shundan so'ng A.S. tanishining tamagirlik yo'li bilan pul talab qilgan bu harakatlariga qonuniy chora ko'rishni so'rab, ichki ishlar organiga murojaat etadi.
Mazkur arizaga asosan olib borilgan tezkor harakatlar chog'ida P.D. tibbiyot muassasasining ma'muriy binosi ichida "mijoz"i A.S.dan talab qilgan 1 million 200 ming so'mning 1 million so'mini olib, uning 700 ming so'mini o'zi bilan birga ishlaydigan o. N.ga bergan vaqtida Surxondaryo viloyati IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi hamda Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi JQB xodimlari tomonidan ushlangan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi xodimlari tergovga qadar tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech