9 Sentyabr 2022 yil 72

Denovda nasha parvarishlayotgan shaxs aniqlandi

Denov tumanida 2022 yil 16 avgust kuni, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Denov tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, shu tumanda yashovchi, X.Azamatning (ism sharif o‘zgartirilgan) yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, tomarqasida jami 6 tup “nasha” giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib olingan. 23 avgust kuni X.Azamatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech