29 Avgust 2021 yil 649

Boysunda D.Madamin pnevmatik pistolet bilan o'q uzib jinoyat sodir etdi

Boysun tumanida 2021 yil 27 avgust kuni soat 16.34 larda, tumanning "Darband" mahallasida yashovchi, D.Madamin boshqaruvidagi Malibu rusumli, avtomashinasini tumanning "Shifobuloq" mahallasi hududidan o'tuvchi M-39 avtomobil yo'lida boshqarib borib, shu yo'lda harakatlanib ketayotgan, Sherobod tumani "G'o'rin-Gilambob" mahallasida yashovchi, M.Alisher boshqaruvidagi Kamaz rusumli avtomashinasiga o'zida bo'lgan pnevmatik pistolet bilan 2 marotaba otgan. Pnevmatik pistolet, 1 dona magazin va o'qlar tekshirib ko'rishlik uchun hujjatlashtirib olingan. 28 avgust kuni D.Madaminga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech