23 Yanvar 2023 yil 48

Bank plastik kartadan pul o‘g‘irlaganning shaxsi aniqlandi

Qumqo‘rg‘on tumanida 2023 yil 9 yanvar kuni tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi, B.Bobur (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil 8 noyabr kuni bank plastik kartasidan noma’lum shaxs 1.545.000 (bir million besh yuz qirq besh ming) so‘m pulini yechib olganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni shu tumanda yashovchi S.Salim sodir etganligi aniqlanib, ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 16 yanvar kuni S.Salimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech