25 Avgust 2022 yil 63

Bank kreditini o‘zlashtirgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Angor tumanida 2022 yil 10 avgust kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, Muzrabot tumanida yashovchi, T.Botirali (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga bergan arizasida, tijorat banklarining biridan 2022 yil may oyida, uning nomiga 30.000.000 (o‘ttiz million) so‘m chiqarilgan kredit mablag‘ini ta’minotchilar bilan tuzilgan shartnomaga asosan, Sherobod tumanida yashovchi, Ch.Doniyor va “Kamron” ismli shaxslarning hisob raqamiga o‘tkazib berilganligini, Ch.Doniyor va “Kamron” ismli shaxslar esa o‘tkazilgan pullarning o‘rniga chorva mollarni bermasdan yurganligini ma’lum qilgan. 10 avgust kuni Ch.Doniyorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech