5 Oktyabr 2022 yil 56

Angor tumanida firibgarlik jinoyatini sodir qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Angor tumanida 2022 yil 1 oktabr kuni tumani IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, tumanning “Yangi turmush” mahallasida yashovchi, L.Saydullo (ism shariflar o‘zgartirilgan) o‘zining arizasida, 2022 yil 6 iyul kunida tanishi, shu tumanda yashovchi, J.Davron yashash uyiga kelib, 62 bosh qo‘ylarini jami 105.000.000 (bir yuz besh million) so‘mga hisoblab sotib olib, shundan 45.000.000 (qirq besh million) so‘m berganligini va qolgan 60.000.000 (oltmish million) so‘mini bermay aldab ketganligini bildirgan. 1 oktabr kuni J.Davronga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech